Left menu

Ma’lumotlar maxfiyligi siyosati

Biz kompaniyaga qiziqishingiz uchun minnatdormiz, va veb-saytimizga kirganingizda sizning shaxsiy ma’lumotlaringizning himoyalanishi yuzasidan xavotirlanmasligingizni istaymiz. Biz, xususan, Yevropa Ittifoqining yangi Ma’lumotlarni himoyalash toʻgʻrisida umumiy qoidalariga rioya qilamiz («MHTUQ») .

Berlin-Chemie AG kompaniyasi www.berlin-chemie.uz vebsaytida  (quyida: vebsayt) sizning ma’lumotlaringizga ishlov berish yuzasidan nazoratchi hisoblanadi. Nazoratchi haqida koʻproq axborot olish uchun, chiqish ma’lumotiga qarang . Siz ma’lumotlarni himoyalash boʻyicha vakolatli vakilimiz bilan: A. Menarini Research & Business Service GmbH, Datenschutzbeauftragter, Glienicker Weg 125, 12489 Berlin manzil boʻyicha bogʻlanishingiz mumkin, yoki: dpo.germany@berlin-chemie.de manziliga elektron xatni yuboring.

Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga juda jiddiy qaraymiz. Shaxsiy ma’lumotlar - identifikatsiyalangan yoki tanib olinadigan jismoniy shaxsga tegishli boʻlgan barcha ma’lumot, masalan, ismi, manzili va elektron manzili. Siz saytimizga tashrif buyurganingizda, biz shaxsiy ma’lumotlarni yigʻamiz, va ularga amaldagi ma’lumotlar ma’fiyligini himoyalash qoidalariga muvofiq ishlov beramiz. Bu ma’lumotlarni biz ruxsat olmay turib e’lon qilmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Biz ma’umotlaringizni faqat bizning veb–saytimizning ishlashi uchun, va u bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar uchun zarur boʻlguncha, yoki biz qonunga binoan ma’lumotingizni saqlashimiz lozim boʻlgan paytigacha saqlaymiz.

Ushbu ma’lumotlar maxfiyligi siyosati yordamida biz sizga, veb-saytimizga siz kirgan paytingizda yigʻiladigan ma’lumotlar haqida, va bu ma’lumotlar qanday foydalanilishi haqida bildirmoqchimiz.

Ushbu taklif 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallanmagan

Ma’lumotlar, Veb-saytimizga kirish paytida ishlov beriladigan

Bizning saytimiz faqat axborot maqsadida foydalanilganda, ya’ni siz roʻyxatdan oʻtmaganingizda yoki bizga ma’lumotni boshqacha tarzda bermaganingizda, biz faqat brauzeringiz bizning serverimizga uzatadigan ma’lumotlarga ishlov beramiz. Agar siz bizning veb-saytimizni koʻrmoqchi boʻlsangiz, biz veb-saytimizning sizda aks ettirilishi uchun, va veb-saytning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash uchun texnik jihatdan zarur boʻlgan quyidagi ma’lumotlarni yigʻamiz (huquqiy asosi MHTUQ ning 6 (1) (f) moddasi hisoblanadi):

  • IP-manzil;
  • Kirish sanasi va vaqti;
  • Soat mintaqalarining Grinvich boʻyicha oʻrtacha vaqtdan (GMT) farqi;
  • Soʻrovning mazmuni (muayyan sayt);
  • Kirish maqomi/ HTTP holatining kodi;
  • Har bir holatda uzatiladigan ma’lumotlar miqdori;
  • Undan soʻrov yuborilgan veb-sayt;
  • Brauzer;
  • Operatsion tizim va uning interfeysi;
  • Brauzer uchun dasturiy ta’minot tili va versiyasi;

Ma’lumotlar yetti kun mobaynida saqlanadi, keyin esa avtomatik tarzda oʻchiriladi.

Cookie faylllaridan foydalanish

MHTUQ ning 6 (1) (f) moddasi asosida biz veb-saytimizda «cookie» fayllaridan, veb-saytni optimallashtirish uchun foydalanamiz. cookie fayllari veb-saytimizga kirish paytida brauzeringiz tomonidan avtomatik yaratiladigan va moslamangizda (masalan, noutbuk, planshet, smartfon) saqlanadigan kichik matnli fayllardir. Maxsus foydalanilgan moslama bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan ma’lumot cookie faylida saqlanadi. Lekin bu endi biz sizni bemalol identifikatsiya qila olamiz, degani emas. cookies fayllaridan foydalanish, xizmatlarimizdan foydalanish siz uchun yoqimliroq boʻlishi uchun moʻljallangan. Masalan, biz seanslar cookies fayllaridan, siz veb-saytimizning ayrim betlariga kirganingizni bilish uchun, foydalanamiz. Bunday cookie fayllari siz veb-saytimizdan chiqib ketganingizdan keyin avtomatik tarzda yoʻq qilinadi.

Foydalanuvchilar qulayligi uchun, biz yana moslamangizda ma’lum vaqt mobaynida saqlanadigan vaqtincha cookie fayllaridan foydalanamiz. Agar siz xizmatlarimizdan foydalanish uchun yana saytimizga kirsangiz, siz yana hammasini boshidan kiritmasligingiz uchun, sayt avval ham siz saytimizga kirganingizni, va siz tanlagan sozlashlarni darhol bilib oladi.

Bundan tashqari, biz xizmatlarimizni siz uchun optimallashtirish, va siz uchun ataylab tanlab olingan ma’lumotni aks ettirish uchun, veb-saytimizdan foydalanishni tahlil qilish va statistik qayd etish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ushbu cookie fayllari bizga, foydalanuvchilar veb-saytimizga kirganidan keyin, ularning saytga takroriy kirganligi haqida bilib olishimizga yordam beradi. Ushbu cookie fayllari ma’lum vaqt oʻtganidan keyin avtomatik tarzda yoʻq qilinadi.

Koʻpchilik brauzerlar cookie fayllarini avtomatik tarzda qabul qiladi. Siz brauzeringiz sozlashlarini, moslamangizda hech qanday cookies fayllari saqlanmaydigan, yoki yangi cookie fayli oʻrnatilishidan avval xabarnoma paydo boʻladigan qilib, oʻzgartirishingiz mumkin. Lekin cookies fayllarini toʻliq faolsizlashtirish, siz saytimizning barcha funksiyalaridan toʻliq hajmida foydalana olmasligingizga olib kelishi mumkin.

Aloqa paytida ma’lumotlargi ishlov berish

Siz aloqa shaklidan foydalanib, quydagi ma’lumotni: masalan, ismingiz va elektron manzilingiz taqdim etib, mahsulotimiz va xizmatlarimiz haqida savol berishingiz mumkin. Aloqa shaklidan foydalanish ixtiyoriy boʻladi.

Siz elektron pochta orqali biz bilan aloqa oʻrnatganingizda, savollaringizga biz javob bera olishimiz uchun, biz sizning bizga bergan ma’lumotingizni  (masalan, elektron manzilingiz, ehtimol, ismingiz va telefon raqamingiz) saqlab qolamiz.

Siz bizga bergan ma’lumotni, siz bilan muloqot qila olishimiz uchun, siz bilan bogʻlanish uchun saqlab qolamiz (huquqiy asosi - MHTUQ ning 6 (1) (f) moddasi).

Agar siz dori vositalarimizning ehtimoliy nojoʻya ta’sirlari haqida ma’lumot bersangiz, biz qonunga binoan bu ma’lumotni saqlab, unga ishlov berishimiz shart (huquqiy asosi - MHTUQning 9 (2) (i) moddasi).

Biz ushbu kontekstda olingan ma’lumotlarni, ularni saqlash zarurati qolmaganda, yoʻq qilamiz, yoki saqlash haqidagi qonunchilik majburiyatlarimizga muvofiq ularga ishlov berishni cheklaymiz.

Google (Universal) Analytics/Google tahlili (Universal)

Ushbu veb-sayt Google (Universal) Analytics/Google tahlili (Universal), roʻyxatdan oʻtkazilgan ofisining manzili 1600 Amphitheatre Parkway, Mountain View, CA 94043, AQSh boʻlgan Google Inc. Kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan veb-tahlil tizimidan foydalanadi. Biz Google (Universal) Analytics/Google tahlili (Universal)dan, veb-saytimizdan foydalanishni tahlil qilish va muntazam yaxshilash uchun foydalanamiz. Statistikani olish bizga xizmatlarimizni yaxshilash va ularni foydalanuvchi sifatida siz uchun qiziqarliroq qilishga imkon beradi. AQShda shaxsiy ma’lumot berilishi lozim boʻlgan favqulodda holatlar uchun, Google YeI-AQSh maxfiylikni himoyalash dasturini taqdim etdi, https://www.privacyshield.gov/EU-US-Framework. Google (Universal) Analyticsdan foydalanishning huquqiy asosi MHTUQning 6 (1) (f) moddasi hisoblanadi.

Google (Universal) Analytics/Google tahlili (Universal) cookie fayllari - kompyuteringizda saqlanadigan, veb-saytdan foydalanishingizni tahlil qilish imkonini beradigan matnli fayllar kabi usullardan foydalanadi. Siz ushbu veb-saytdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumot odatda AQShdagi Google serveriga uzatiladi va u yerda saqlanadi. Lekin, IP – manzil ushbu saytda anonimlashtirilganda, IP – manzil Yevropa Ittifoqining a’zo davlatlari yoki Yevropa iqtisodiy zonasida toʻgʻrisida Konvensiyani imzolagan boshqa tomonlar oʻrtasida uzatishgacha qisqaradi. Faqat favqulodda holatlarda toʻliq IP-manzili AQShdagi Google serveriga uzatiladi va u yerda saqlanadi. Brauzeringiz tomonidan uzatiladigan anonim IP-manzili Google Analytics doirasida, Google ning boshqa ma’lumotlari bilan birlashtirilmaydi.

Siz shuningdek quyidagi havola boʻyicha olish mumkin boʻlgan brauzer plaginini yuklash va oʻrnatish orqali, cookies yordamida olingan veb-saytdan foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni (jumladan IP-manzilingizni), yigʻish va  Googlega yuborish, hamda Googlening ma’lumotga ishlov berishining oldini olishingiz mumkin: http://tools.google.com/dlpage/gaoptout?hl=en.

Ushbu veb-saytda Google Analytics keyinchalik ma’lumot yigʻishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, brauzer plaginiga muqobil imkoniyat sifatida, ushbu havola boʻyicha oʻtishingiz mumkin . Keyin rad etish belgilangan cookie fayli moslamangizda saqlanadi. Agar siz oʻz cookie fayllaringizni yoʻq qilsangiz, siz havolasiga yana bosishingiz kerak .

Shaxsiy ma’lumot oluvchilar; uchinchi davlatlarga ma’lumot uzatish

Nomaqbul voqealar

Agar bizga mahsultlarimizdan birida nomaqbul voqealarning ehtimoliy holatlari haqida  ma’lum boʻlsa, biz qonunga binoan ularni hujjatlashtirish va tegishli ma’lumotni, shu jumladan shaxsiy ma’lumotni butun jahon boʻylab vakolatlangan organlar bilan almashish, keyingi baholash uchun zarur boʻlganda, xabar beruvchi tomonlar bilan bogʻlanishimiz lozim boʻladi.

Huquqlarni ta’minlash

Huquqlarimizni ta’minlash yoki huquqlarimizni, yoki bunday huquqlarga ega boʻlgan uchinchi shaxslar, maslahatchilar va hokimiyat organlari huquqlarini  himoyalash maqsadida.

Ma’lumotga ishlov berish uchun xizmatlarning tashqi provayderlari:

Biz xizmatlar provayderlaridan foydalanamiz, ular xizmatlarimizni amalga oshirishda bizga koʻmaklashadi. Bu xizmatlar provayderlari bizning nomimizdan va yoʻl-yoʻriqlarimizga muvofiq, va nazoratimiz ostida, faqat maxfiylik siyosatimizda ta’riflangan maqsadlar uchun ma’lumotingizga ishlov beradi. Bu xizmatlar provayderlari YeI dan tashqarida ham boʻlishi mumkin (masalan, Google Irelandning «G Suite» xizmati). Biz siz taqdim etgan ma’lumot, Yevropa Ittifoqining ma’lumotni himoyalash qonunlari talablariga muvofiq tegishlicha himoyalanishini ta’minlash uchun barcha zaruriy choralarni koʻramiz. Agar ma’lumotingiz YeIZ mintaqasidan tashqaridagi davlatlarga uzatilsa, biz YeI Komissiyasi taqdim etadigan ma’lumotlarni himoyalash toʻgʻrisida umumiy standart qoidalari, YeI ning muvofiqligi rezolyutsiyasi, yoki YeI-AQSh ning maxfiylikni himoyalash dasturi kabi, tegishli kafolatlar yordamida ma’lumotlarni tegishlicha himoyalash daraasini ta’minlaymiz.

Ma’lumot xavfsizligi

Biz shaxsiy ma’lumotingizni noqonuniy foydalanishdan, yoʻqolishdan, yoʻq qilinishidan, yoki ularga ruxsat etilmagan shaxslar kirishiga qarshi himoyalash uchun texnikaviy va tashkiliy xavfsizlik choralaridan foydalanamiz. Bizning xavfsizlik choralarimiz joriy texnika darajasiga mos boʻladi.

Sizning huquqlaringiz va aloqa uchun ma’lumot

Umumiy huquqlar

Siz oʻz haqingizda saqlangan ma’lumot haqida axborotni soʻrashingiz mumkin, va siz taqdim etgan ma’lumotni umumiy va mashinada oʻqiladigan formatda olish huquqiga egasiz. Bundan tashqari, asosli holatlarda siz ma’lumotingizni yoʻq qilishni, tuzatish yoki ularga ishlov berishni cheklashni soʻrashingiz mumkin. Agar shaxsiy ma’lumotingiz tegishlicha himoyani ta’minlamaydigan YeI dan tashqaridagi davlatga uzatilsa, siz shartnomsa nusxasini yoki shaxsiy ma’lumotning tegishlicha himoyasini amalga oshiruvchi boshqa kafolatni talab qilishingiz mumkin.

E’tiroz bildirish huquqi

Bundan tashqari, bizning qonuniy manfaatimiz asosida shaxsiy ma’lumotga ishlov berganimizda, asosli holatlarda siz shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishga e’tiroz bildirishingiz mumkin (agar huquqiy asosi sifatida, huquqiy asos deb belgilangan MHTUQ ning (6) (f) moddasi boʻlsa, bunday holat yuz berishi mumkin).

Bu, xususan, Google (Universal) Analytics yordamida tahlil qilish va marketing maqsadida, hamda bizning manfaatimizga muvofiq tarqatmamizni olish maqsadida ma’lumotingizga ishlov berishga tegishlidir.

Roziligingizni bekor qilish

Agar siz veb-saytimizdan va u bilan bogʻliq xizmatlardan foydalanish kontekstida shaxsiy ma’lumotingizga ishlov berilishiga rozilik bergan boʻlsangiz, istalgan paytda, keyinchalik uchun amal qiladigan tarzda ushbu roziligingizni bekor qilishingiz mumkin.

Aloqa uchun ma’lumot

Ushbu huquqlardan foydalanish uchun, bizning ma’lumotni himoyalash boʻyicha vakilimizga murojaat qiling. Siz yuqoridagi manzil boʻyicha ma’lumotni himoyalash boʻyicha xidimimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin.

 

Bundan tashqari, agar sizda biror-bir muammolar boʻlsa, siz biz uchun mas’ul boʻlgan ma’lumotlarni himoyalash boʻlimi bilan bogʻlanishingiz mumkin: Berlin Axborotni Himoya qilish va Axborot xavfsizligi bo'yicha komissarligi (Berliner Beauftragte für Datenschutz und Informationssicherheit).

Ma’lumotni himoyalash haqida ariza: May 21, 2018.


ИЗЛАШ